Yangi iPhone 7 SIM-karta uchun ikkinchi slotga ega bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru” Engadget’ga tayanib.
Portal manbasi smartfonning yangi modeli uchun mo‘ljallangani taxmin etilgan tarkibiy qismlar suratini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, fotosuratlar Xitoydagi Rock Fix ta’mirlash ustaxonasi xodimlari orqali olingan.
Bundan tashqari, mish-mishlarga qaramay, iPhone 7’da naushniklar uchun 3,5 millimetrlik teshik mavjud bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)