Frankfurt aeroporti yangilanish, shuningdek, yoga uchun xonalar, bolalar maydonchasi, katta hajmdagi o‘rmon xomashyosi uchun hudud barpo etish uchun 100 million yevro investitsiya kiritadi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Aeroportda dam olish xonalarining barpo etilishi yo‘lovchilarga qulaylik tug‘diradi va yon-atrofda joylashgan do‘konlarda pullarini sarflashiga undaydi.
So‘nggi paytlarda dunyo aeroportlari oilaviy savdo markazlariga aylanib, aviabiznes sohasidagi cheklovlar va raqobat fonida daromadini oshirishga intilmoqda. Frankfurtdagi aeroportning yangilanishi Skytrax konsalting kompaniyasi versiyasi bo‘yicha besh yulduzli reyting olishni maqsad qilgan Fraport AG operatori strategiyasining bir qismi sanaladi.
Fraport yana 40 millon yevroni terminaldagi qulayliklarni modernizatsiyalash uchun, 20 million yevroni hojatxona va kuzatuv maydonchasini yangilash uchun sarflaydi. Shuningdek, 3 milliard yevro 2022-yili qurib bitkazilishi mo‘ljallangan yangi terminalni qurish uchun ishlatiladi.
Izoh (0)