Rossiya hududida Amazon bulutli servisi bloklandi — “S3.amazonaws.com” domenining taqiq ro‘yxatiga kiritilgani haqidagi xabar “Roskomsvoboda” portalida chop etildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, servisni bloklash to‘g‘risidagi qaror Federal soliq xizmati talabiga ko‘ra amalga oshirilgan. “Gazeta.ru”ning aniqlashtirishicha, bunga poker reklamasi sabab bo‘lgan.
Amazon bulutli servisidan Dropbox, Twitter, Netflix, Airbnb, Foursquare, Slack singari yirik kompaniyalar foydalanadi.
Izoh (0)