AQSh milliy koinot agentligi (NASA) 17-iyun, juma kuni Vashingtondagi aeronavtika va astronavtika institutida o‘zining elektr samolyoti nusxasini taqdim etdi. X-57 deb atalgan havo kemasi 2017-yilda ilk parvozni amalga oshirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Agentlikdan tashqari, Tesla elektromobillari muvaffaqiyatini takrorlash istagida bo‘lgan dunyo sanoati gigantlari va bir necha aviakompaniyalar ham elektr samolyotlari ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Jumladan, Airbus va Siemens aprelda hamkorlikda aviatsiya-koinot sohasi uchun elektr hamda gibrid texnologiyalarni yaratish uchun 200 nafar muhandis safarbar etish rejasini e’lon qildi. Boeing ko‘tarilish uchun reaktiv dvigatellardan foydalanadigan va parvoz chog‘ida elektr dvigatellarini qo‘llaydigan havo kemasi nusxasi ustida ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, garchi zamonaviy samolyotlar 40 yil avvalgiga qaraganda yoqilg‘ini 70% kam ishlatsa-da, bu yil aviakompaniyalar 300 milliard litr yoqilg‘i sarflashi va buning uchun 127 milliard dollar xarajat qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)