Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishini  bekor qilish bo‘yicha taklif tayyorladi. Mazkur chora shifokorlarni keraksiz hujjatlar bilan o‘ralashib qolishdan xalos etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda “Remedium” nashriga tayanib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Remedium”

Foto: “Remedium”

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi jamoat salomatligi va kommunikatsiyalar departamenti direktori Oleg Salagayga ko‘ra, abituriyentlar uchun tibbiy ma’lumotnoma mamlakatda har yili bolalar va o‘smirlar dispanserizatsiyasi o‘tkazilayotgani tufayli o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Undan voz kechish yiliga 4 milliard rubldan oshiq mablag‘ni iqtisod qilishga imkon beradi. Ularni miokard infarkti yoki insult, shuningdek, yurak va tomirlarda operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan bemorlar qabul qiladigan dorilar qiymatining yarmini qoplab berishga yo‘naltirish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi