Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 13-turning yana 4 ta bellashuvi o‘z yakuniga yetdi. Undan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Qizilqum” klublari o‘yinigina noma’lum muddatga qoldirilgan.
13-turdan keyin “Buxoro” Toshkentning “Paxtakor” klubidan ilgarilab ketishi uchun Jizzaxdan ochko bilan qaytishi kerak edi. “So‘g‘diyona”ga qarshi saf tortgan buxorolik futbolchilar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.Qo‘lga kiritilgan 1 ochko “Buxoro”ni 5-o‘ringa olib chiqdi. G‘uzorda mag‘lub bo‘lgan “Paxtakor” avtomatik ravishda 6-pog‘onaga tushdi. “Qizilqum” “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda ochko ishlasa, “Paxtakor” yana bitta o‘rin sho‘ng‘ishga majbur bo‘ladi.
13-turning markaziy o‘yinida “Nasaf”ni qabul qilgan “Neftchi” 2:2 hisobiga imzo chekdi. 89-daqiqada Artur Gevorkyan Qarshi klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi. Farg‘onaliklardan Shukurali Po‘latov esa so‘nggi daqiqadagi penaltidan darvoza to‘rini emas, to‘sinini aniq nishonga oldi.
“Nasaf”ning mag‘lub bo‘lmagani Ro‘ziqul Berdiyev jamoasiga 1 ochkodan boshqa foyda keltirmadi. Namanganda “Navbahor”ni mag‘lub etgan “Metallurg” turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib, “Nasaf”ni 4-o‘ringa tushirdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 13-tur bellashuvlari 21-iyun, seshanba
Izoh (0)