“Abu Sayyaf” terrorchi guruhining yetakchilaridan biri 22-iyun kuni Filippin janubida hibsga olindi. Bu haqda, Filippin milliy politsiyasi janubiy mintaqaviy boshqarmasining bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, 46 yoshli Usmon Atalad Zamboanga shahrida politsiya va qurolli kuchlarning qo‘shma tadbiri davomida qo‘lga olingan.
“Atalad odam olib qochish bilan bog‘liq yetti holatda ayblanmoqda”, — deb ma’lumot berdi politsiya vakili.
O‘z navbatida, Filippin qurolli kuchlari janubiy birlashgan qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, Patikul aholi yashash punkti yaqinida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida guruhning uch jangarisi yo‘q qilingan, o‘n nafari yaralangan.
Izoh (0)