AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning mitingi chog‘ida uni otib tashlashga uringan 20 yoshli fuqaro Maykl Stiven Sendford hibsga olindi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Sud materiallarida aytilishicha, 18-iyun kuni yigit siyosatchining tadbiriga borib, politsiyachilardan biri bilan suhbat qurgan. Uning maqsadi politsiyachining qurolini tortib olish, so‘ng shu qurol yordamida Trampni otib tashlash bo‘lgan. Ammo suiqasdning oldi olingan — Sendfordning maqsadi fosh bo‘lib, u o‘sha joyning o‘zida ushlangan.
Izoh (0)