To‘qqiz yoshli Rejina Uilli Shotlandiyada yashab, boshlang‘ich maktabga boradi va otasining KSG Photography kompaniyasida to‘y fotosuratchisi bo‘lib ishlaydi, deb yozadi TJournal.
Rejinaning otasi so‘zlariga ko‘ra, u birinchi marta qo‘liga kamera olib, fotosyomka bilan qiziqib qolganida uch yoshda bo‘lgan. Olti yildan so‘ng u otasi bilan to‘ylarda ishlay boshlagan.
Ba’zan odamlar suratlarni aynan Rejina olganiga shubha qiladi va tasvirlarni haqiqatan ham u tahrirlashi haqida so‘raydi. Ota qiziga Lightroom’da suratlarga ishlov berishni o‘rgatgani, endi u buni mustaqil ravishda amalga oshirayotganini ta’kidlaydi.
Rejina suratga tushirishni juda yaxshi ko‘rsa-da, ulg‘ayganida kasbini o‘zgartirib, modelyer bo‘lmoqchi.
Izoh (0)