Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyatida yashin urishi oqibatida 120 qo‘ydan tarkib topgan butun boshli suruv qirilib ketdi. Bu haqda, mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Zarba oqibatida birvarakayiga 120 bosh qo‘y nobud bo‘ldi, cho‘pon mo‘jiza tufayli omon qoldi”, — deyiladi xabarnomada.
Oxirgi kunlarda Qirg‘izistonda iqlim o‘zgaruvchanligi kuzatilmoqda — u yerda g‘ayritabiiy jaziramadan so‘ng yomg‘ir va momaqaldiroqlar avj oldi.
Izoh (0)