O‘zbekiston hukumati 10-iyundagi qarori (pdf) bilan mamlakatda chakana savdo qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Endi alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi yigirma yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarni sotishni rad etishi shart.
Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarini savdo avtomatlari orqali sotish hamda alkogol va tamaki mahsulotlariga o‘xshash ko‘rinishdagi bolalar o‘yinchoqlari va shirinliklarini sotish taqiqlandi.
Alkogolli mahsulotlarni, sotish joylarida alkogolli ichimliklar 20 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilmasligi hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmaganda, sotish taqiqlandi.
Izoh (0)