Yava orollarining (Indoneziya) markaziy qismida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin vujudga kelgan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 24 nafar odam halok bo‘ldi, 26 nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish agentligi vakillaridan birining qayd etishicha, toshqin va ko‘chkilar o‘nlab xonadonlarga ziyon keltirgan.
Ayni damda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Halokat hududidan evakuatsiya qilinganlar uchun vaqtincha turar joy punktlari barpo etildi.
Izoh (0)