“Tolibon” ekstremistik harakatining yetakchilaridan biri Qori Ali Qunduz viloyatining Tojikiston bilan chegaradagi Dashti Archi tumanida o‘ldirildi. Bu haqda 19-iyun, yakshanba kuni mamlakat IIVga tayangan holda “Vedomosti” xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, tumanda amalga oshirilgan aviazarba natijasida sakkiz jangari yo‘q qilingan bo‘lib, ular orasida ekstremistlarning asosiy komandirlaridan biri Qori Ali ham bor edi.
Yo‘q qilingan guruh Qunduzning bir qator tumanlarida amalga oshirilgan teraktlar uchun javobgardir, deb ta’kidlanadi xabarnomada.
Izoh (0)