Rossiyaga qo‘shib olinganidan so‘ng Qrimga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan cheklov choralari yana bir yilga uzaytirildi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yangi qarorga muvofiq, Yevropa kompaniyalari hamda YeI davlatlari fuqarolariga Qrimga investitsiyalar kiritish, yarim orolda ko‘chmas mulk xarid qilish, bu yerga turli tovar va xizmatlar eksport qilish, Qrim tovarlarini import qilish taqiqlanadi. Taqiq 2017-yilning 23-iyuniga qadar amal qiladi.
Bundan tashqari, sanksiyalar turizm sohasidagi hamkorlikni man etadi.
Izoh (0)