Turkiya iqtisod vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya Rossiya bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq hodisadan afsuslanmasligi, balki “qayg‘urayotganligi”ni ma’lum qildi. Bu haqda, Hurriyet Daily News ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz afsusda emasmiz, biroq qayg‘urmoqdamiz. Ular (Rossiya tomoni) ham buning uchun qayg‘urishi lozim. Biz ularning ham Turkiya havo hududini qasddan buzganligi uchun ta’bi xira bo‘lgan deb taxmin qilmoqdamiz”, — dedi vazir.
Zeybekchining so‘zlariga qaraganda, ushbu vaziyatda Rossiya nohaq bo‘lgan, chunki uning samolyoti uchuvchi ko‘p marta ogohlantirilganligiga qaramasdan, 13 yoki 14 daqiqa davomida Turkiya havo hududida bo‘lgan.
Vazirning ta’kidlashicha, Moskva va Anqara o‘rtasidagi mojaro har ikkala tomon uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan va ushbu vaziyatdan chiqishning eng ma’qul yo‘li munosabatlarni imkoni boricha tezroq izga solishdir.
Izoh (0)