Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShni dunyodagi yagona oliymaqom davlat deb bilishini, ammo bu unga Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga, Moskvaning Bryussel bilan munosabatlariga ta’sir o‘tkazishiga huquq bermasligini aytib o‘tdi. Bu haqda 17-iyun kuni Forbes ma’lumot berdi.
“Amerika — buyuk hokimiyat. Bugun u yagona super davlat bo‘lsa kerak. Biz buni qabul qilamiz. Biz AQSh bilan ishlashni xohlaymiz va bunga tayyormiz”, — dedi u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi chiqishida.
U dunyoga va, xususan, Rossiyaga bunday qudratli davlat kerakligini tan oldi.
“Lekin uning doimo ishlarimizga aralashishi, Yevropaning biz bilan munosabat qurishiga xalaqit berishi bizga kerak emas”, — qayd qilib o‘tdi Putin.
Izoh (0)