Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarori bilan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir yil ichida 90 kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ilgari har bir muddati o‘tgan kunga transport vositasining har bir ot kuchi uchun 0,7 BHM miqdorida to‘lov amalga oshirilar edi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan ikki oyida qanday avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda fevral oyida avtomobil bozorida faollikning sezilarli pasayishiga qaramay, yangi yengil avtomobillar segmentida yil davomida sotuvlar 8,4 foizga oshgani aytilgandi.
Izoh (0)