“Daryo” internet-nashri Ucell savdo belgisi bilan hamkorlikda Telegram messenjeridagi @daryobot botida “Yevro—2016” qo‘shma aksiyasini boshlagandi.
Futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati uchrashuvlarini natijalarini to‘g‘ri topib, aqlli gadjetlarning egasiga aylanish imkoniyati uchun ayni vaqtga qadar 6 200 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Buning uchun ishtirokchilar Telegram’dagi @daryobot botiga /futbol buyrug‘ini kiritishi va o‘z aloqa ma’lumotlarini taqdim etishi kerak bo‘ladi.Aksiyada ishtirok etayotganlar o‘z taxminlarini bildirgan o‘yin yakuniga yetishi bilan qancha ball ishlab olganliklari va musobaqadagi umumiy ballarini muntazam olib turibdi. Endilikda ular reytingda qaysi pog‘onada borayotganliklarini o‘zlari bilib olishlari mumkin.
Ishtirokchi nechanchi o‘rinda borayotganini aniqlashi uchun /reyting buyrug‘ini kiritishi kerak bo‘ladi. Bu orqali u dastlabki 10 ta o‘rinda borayotgan ishtirokchi va ular to‘plagan ochko, shuningdek, o‘zi qaysi pog‘onada ekani haqida ma’lumotni qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)