AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton mamlakat poytaxti Vashington joylashgan Kolumbiya okrugida bo‘lib o‘tgan praymerizda g‘alaba qozonmoqda. Amerikaning yetakchi OAVlari yuqoridagi bashoratni ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Jumladan, CNN telekanali keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq birinchi xonim byulletenlarning 61 foizi hisob-kitobiga ko‘ra, ovozlarning 78,8 foizini to‘plamoqda. Uning raqibi, senator Berni Sandersni qo‘llab-quvvatlab 21 foiz ovoz berilgan. NBC va Fox News kanallari ham g‘alabani Klinton foydasiga yozmoqda.
Mazkur praymeriz yuzaki ahamiyatga ega, Davlat departamentining sobiq rahbari o‘tgan haftadayoq Demokratik partiyaning milliy syezdida prezidentlik lavozimi uchun nomzodini ilgari surish uchun yetarli ovozlarni to‘plagan edi.
Izoh (0)