Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter 2014-yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga dalda bergani haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
JCh–2014 finalida Argentina termasi 0:1 hisobida Germaniyaga imkoniyatni boy bergan, Messi esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
“Messi kelayotib o‘ziga-o‘zi: ‘Men eng zo‘rman, ammo chempion emasman’ degandi. Men esa Messiga u nafaqat qaysidir turnirda, balki, butun dunyoda eng zo‘ri ekanini aytgan edim. Nazarimda, Krishtianu Ronalduni Messiga qiyoslab bo‘lmaydi. Albatta, Lionel yaxshiroq. Bundan tashqari, u namunali o‘g‘il. U bilan suhbatlashish men uchun yoqimli bo‘lgan. U juda yaxshi inson”, – dedi Blatter.
Izoh (0)