Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti o‘tkaziladigan paytda Toshkent shahrining bir necha ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Avtotransport harakati cheklanishining sanasi va vaqti haqidagi axborot qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi”, — deb ta’kidlanadi bayonotda.
Avvalroq IIV ShHT sammiti kunlari Toshkent shahriga kirish va shahardan chiqish cheklanishi haqidagi xabarni rad etgandi. Kirish va chiqish qoidalari oddiy tartibda amal qilishi, faqat tekshiruv tadbirlari kuchaytirililishi ma’lum qilingan edi.
Ilgariroq “Gazeta.uz” huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga asoslanib Toshkentning sammit kunlari to‘liq yopilishi haqidagi xabarni rad etgandi.
Izoh (0)