Tallinda Xaryu uyezd sudi 14-iyun, seshanba kuni 33 yoshli Martin Kattayni Estoniya bosh vaziri Taavi Riyvasni o‘ldirish bilan tahdid qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda, sud matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Unga nisbatan ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, shundan uch oyini mahbus qamoqda o‘tkazishi lozim.
“Sud qaroriga muvofiq, Kattay ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Shundan uch oyini u qamoqda o‘tkazishi lozim. Jazoning qolgan qismini u uch yillik sinov muddati mobaynida shartli o‘taydi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Estoniya prokuraturasi Kattayni 2015-yilning kuzida Facebook’dagi sahifasida bir necha marta bosh vazirni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblagan edi. Ma’lum qilinishicha, Kattay bosh vazir istiqomat qiluvchi hudud haqida ma’lumotlarni to‘plab, ularni chop etgan. Shuningdek, uning qo‘riqchilari faoliyatini va ularning himoya vositalarini muhokama qilgan.
Izoh (0)