Toshkent vaqti bilan 11-iyun, shanba kuniga o‘tar kechasi Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Fransiya va Ruminiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan musobaqa ochilish marosimi tashkil etildi.
O‘yin Fransiya terma jamoasining oson bo‘lmagan, biroq kutilgan g‘alabasi bilan boshlandi. Angel Yordanesko qo‘l ostidagi ruminlar butun o‘yin davomida musobaqa mezboniga munosib qarshilik ko‘rsatdi va kamida durangga loyiq edi, biroq Dimitri Payetning mohirona zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi.
Quyida ochilish marosimi va uchrashuvdan olingan vaziyatlarning fotosuratlari bilan tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)