Meksikaning Koshkatlan munitsipalitetida 10-iyun, juma kuni besh nafar ayol, to‘rt nafar erkak va ikki nafar bola o‘ldirib ketildi. Bu haqda El Universal gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Puebla shtatida 11 kishining o‘ldirib ketilishi turli diniy oqimlarga mansub oilalar o‘rtasidagi eski mojaro bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Otishma oqibatida yana uch nafar voyaga yetmagan, jumladan, ikki nafar to‘rt yoshli qizcha yaralanganligi ma’lum qilinmoqda. Hozirgi paytda barcha jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ularning avholi ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)