Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Brand Finance konsalting kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra futbol olamidagi eng qimmat brend deb topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Klub uch yildan buyon yirik g‘alabalarga erisha olmayotganiga qaramay, “MYu” brendining bahosi 1,17 milliard dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 1,2 milliard dollardan oshgan edi. Shu tariqa, bu yillik tushish taxminan 3 foizni tashkil etdi.
Umuman olganda, Brand Finance reytingining kuchli o‘ntaligi 2015-yilga nisbatan o‘zgarmadi: “MYu”dan keyingi pog‘onalarni “Bavariya” va “Real” egalladi. Top-10 ga, shuningdek, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Barselona”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” kirdi.
Joriy yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Lester” eng tez o‘sayotgan brend deb topildi. U bir yilda 132 foizga o‘sib (237 million dollar), 42-o‘rindan 16-o‘ringa ko‘tarildi.
Izoh (0)