AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2016 turnirida “C” guruhi ishtirokchilari 2-turni yakunladi. Unga ko‘ra Yamayka va Urugvay termalari 3-tur natijasidan qat’i nazar musobaqa bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Birinchi turda Meksika terma jamoasidan 1:3 hisobida yengilgan Urugvay, 10-iyun tonggida Venesuelaga ham imkoniyatni boy berdi. “Vest Bromvich” klubi a’zosi Xose Solomon Rondon tomonidan kiritilgan yagona gol Urugvayni turnirdan chiqarib yubordi.
Guruhdagi ikkinchi bellashuvda Meksika Yamayka ustidan 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Xavyer Ernandes hamda Oribe Peralta tomonidan kiritilgan gollarga yamaykalik futbolchilar javob qaytara olmadi.
“C” guruhida 3-tur bellashuvlari 14-iyun tonggida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa bilan xayrlashadigan Urugvay va Yamayka terma jamoalari maydonga tushsa, guruh g‘olibi nomini aniqlash uchun Meksika hamda Venesuela termalari o‘zaro kurash olib boradi.
Kopa Amerika—2016. Kolumbiya chorak finalning birinchi ishtirokchisiga aylandi (video)
Kopa Amerika—2016. Braziliya Gaiti darvozasini yetti bor ishg‘ol qilishga erishdi (video)
Izoh (0)