Afg‘onistonda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda, Tolo News telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Portlash mamlakat sharqidagi Nangarxar viloyatida joylashgan masjidda sodir etildi.
Halok bo‘lganlar orasida masjid imomi ham borligi aytilmoqda.