Tehronning “Persepolis” (Eron) futbol klubi darvozaboni Sosha Makaniy sariq ishtondagi suratlari uchun mamlakat chempionati o‘yinlaridan olti oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Guardian nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, Eron futbol federatsiyasining Axloq qo‘mitasi 29 yoshli futbolchining ushbu xatti-harakatini beadablik deb baholadi hamda jamiyatga salbiy ta’sir qilishi mumkin deb topdi.
Makaniy birinchi marta sanksiyalarda duchor bo‘lmayapti. Avvalroq darvozabon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga paranjisiz ayollar bilan tushgan surati joylashtirilganligi uchun hibsga olingan edi.
Qayd etish joiz, Sosha Makaniy hibsda bo‘lgani tufayli “Persepolis” Toshkentning “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov bilan olti oylik shartnoma imzolagandi.
Izoh (0)