Amerikaning Arkanzas shtatida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda, Arkansas Online nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Samolyot halokati oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi, yana bir kishi jabrlandi.
Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, aviahalokat 8-iyun kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 17:00 ga yaqin Jefferson okrugida sodir bo‘lgan.
Aviahalokat haqida boshqa ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)