NATOning Polshada boshlangan “Anakonda” keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari biror bir davlatga qarshi qaratilmagan va mudofaa xarakteriga ega. Bu haqda mashg‘ulotlarga qo‘mondonlik qilayotgan Polsha generali Marek Tomashitskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, mazkur mashg‘ulotlar faqat mudofaa ko‘zda tutilgan ssenariy bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.
“Bu mashqlarda bizning raqibimiz Skandinaviya hududiga joylashtirilgan. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari biror bir aniq davlatga qarshi qaratilmagan”, — dedi u.
Tomashitskiy “Anakonda” o‘quv mashg‘ulotlarida nafaqat NATOga a’zo mamlakatlar, balki hamkor davlatlar, jumladan, Ukraina ham ishtirok etayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)