Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar u yurak xurujiga uchraganini taxmin qilmoqda. “Vesti.ru”ning Reuters’ga asoslanib bildirishicha, ayni paytda 79 yoshli siyosatchining hayoti tahlika ostida emas.
Berluskoni 6-iyun kuni Milandagi San-Raffaele shifoxonasiga yotqizildi. Shifokorlar biror jiddiy narsa aniqlanmaganini e’tirof etayotganiga qaramay, sobiq bosh vazirning ahvoli har ehtimolga qarshi nazorat qilinmoqda.
Izoh (0)