Iroqdagi Karbalo shahrida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Karbalo Bag‘doddan 100 kilometr janubroqda joylashgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, shaharning markaziy tumanlaridan birida minalashtirilgan mashina havoga uchirilgan. Voqea joyida politsiya ishlamoqda.
Izoh (0)