Estoniyaga 2016-yilgi Trident Juncture o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun Neopolitan birlashgan qo‘mondonligi yetib keldi. Mashg‘ulotlar davomida NATOning tezkor javob qaytarish kuchlarini yetkazish bo‘yicha operatsiyani rejalashtirish va o‘tkazish jarayoni ishlab chiqiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Jamoa komandiri kommodor Kent Uelenning ma’lum qilishicha, u Estoniyaning mashg‘ulotlarni o‘tkazish va respublikaning turli boshqarmalari bilan hamkorligini yuqori baholaydi.
2016-yilgi Trident Juncture 11-iyunga qadar davom etadi. U 2015-yilda Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Bolgariya va Ruminiyada tashkil etilgan shtab qismlari faoliyatini baholash bosqichi hisoblanadi. Estoniya hududidagi NATO shtab qismining Trident Juncture mashg‘ulotlari davomidagi asosiy vazifasi mamlakat hududida ittifoqchi qo‘shinlarni qabul qilish, qo‘llab-quvvatlash va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishdan iboratdir.
Trident Juncture’ning faol bosqichi joriy yilning 19-oktabridan 2-noyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)