O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida aksiyadorlik jamiyatlariga amaliy yordam berish hamda ularning faoliyatiga Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini sifatli joriy etish maqsadida shtab tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aksiyadorlik jamiyatlari uchun joylangan e’londa korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini joriy etish masalasi yuzasidan murojaat etish uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan: (371) 259 22 42, (371) 259 20 59