“O‘zbekiston pochtasi” AJ filiali — “Xalqaro tezkor pochta” (EMS Uzbekistan) o‘zining saytini ishga tushirdi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Yangi saytda foydalanuvchilar xizmatlar va tariflar, bojxona rasmiylashuvi, yetkazib berish muddatlari, jo‘natmalarni qabul qilish qoidalari haqida ma’lumot olishi mumkin. Shuningdek, sayt orqali talabnoma qoldirib, kuryerni chaqirish, xalqaro jo‘natmalar harakatini kuzatish, EMS faoliyatiga baho berish mumkin.
Ma’lumot uchun, mamlakatda mijozlar EMS xizmatlaridan foydalanishini “O‘zbekiston pochtasi”ning 27 ta obyekti ta’minlaydi. “Xalqaro tezkor pochta” filiali tizimida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Nukus, Farg‘ona, Andijon va Namangandagi bo‘limlar ishlab turibdi.
Izoh (0)