O‘zbekistonda 6-iyun, dushanba kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 6-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12...+17 daraja, Toshkent shahrida +19...+21 daraja, qolgan hududlarda +22...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
6-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +22...+27 daraja, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +42 darajagacha, qolgan hududlarda +38...+40 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)