Havaskor fotosuratchi Feruz Ibodullayev Facebook’dagi sahifasida 3309 metr balandlikdagi Katta Chimyon cho‘qqisidan olingan suratlar va taymlaps videosini e’lon qildi.
Taymlaps videodagi cho‘qqilar ustidan “suzib o‘tayotgan” oppoq bulutlarning harakati har kimni hayajonga solishi turgan gap.
Katta Chimyon zabtiga bag‘ishlangan fotojamlanmada esa musaffo osmondagi sanoqsiz yulduzlar hamda quyosh botishining cho‘qqidan ko‘rinishini tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)