O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Jenevada Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Bu haqda, federatsiya matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hujjatni imzolash marosimi federatsiya raisi Tanzila Norboyevaning Xalqaro konfederatsiya bosh kotibi Sharon Barrou bilan bilan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasi doirasida o‘tkazildi.
Memorandum tomonlarning bandlikni ta’minlash, mehnat muhofazasi va mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish singari yo‘nalishlardagi hamkorligini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasida 187 davlatdan tashrif buyurgan 5 mingdan ortiq delegat ishtirok etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasida, shuningdek, mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bor.
Aprel oyida Sharon Barrou O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Izoh (0)