Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR Janubiy Koreya rahbariyatini Pxenyanning yarim orolda keskinlikni pasaytirish uchun muzokaralar boshlash taklifiga ijobiy javob berishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Ilgariroq Shimoliy Koreya janubiy qo‘shnisining harbiy vakillari bilan yarim oroldagi keskinlikni pasaytirish maqsadida muzokaralar olib borishga tayyorgarlik yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, ammo rasmiy Seul bunga rad javobini bergan edi.

KXDRning Koreyani tinchlik yo‘li bilan birlashtirish bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan bayonotda hukumat, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari may oyida Janubiy Koreyaga ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha “vatanparvarlik chaqiruvi” bilan murojaat qilganini eslatib o‘tdi. Ammo “Seul bu chaqiriqni samimiylikdan mosuvo bir tashviqot deb baholab, Pxenyandan muloqot avvalida yadroviy quroldan voz kechish yo‘lida qadam tashlashni talab qildi”.

“KXDR Janubiy Koreyaga, u vatanni birlashtirish muammolarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan taqdirda, hamkor sifatida qarashga tayyor”, — deyiladi bayonotda. Aks holda, “Seul keskinlikni orttirish borasida qadam tashlashda davom etsa”, Pxenyan eng qat’iy choralarni ko‘rishi ta’kidlab o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar