“Turkiston” saroyida 30-may, dushanba kuni “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jamg‘armaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Gala-konsertga Toshkent, Bo‘ka va Chirchiqdagi 14-, 15-, 21-, 22-, 23- va 30-Mehribonlik uylari, SOS-bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklanganlar, jami 800 dan ortiq bola jamlandi.
Konsertdagi chiqishlar jamg‘arma tomonidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlandi, shu bois uni bolalarning bolalarga tuhfasi deb atash mumkin.
Izoh (0)