Rossiyaning Kemerovo shahrida istiqomat qiluvchi o‘smir VAZ-2107 avtomobilini o‘g‘irlab ketib, unga o‘t qo‘ydi va bo‘layotgan voqealarni videoga tushirib, lavhani internetga joylashtirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yoqib yuborilgan avtomobil o‘smirning ikki haftadan buyon uyda bo‘lmagan qarindoshiga tegishli edi.
Qarindoshining uyda yo‘qligini bilgan bola mashinani olib chiqib ketib, ikki hafta mobaynida do‘stlari bilan aylanib yurgan. Mashina buzila boshlaganidan so‘ng yigitcha uni yoqib yuborishga qaror qilgan.
Avtomobilni yo‘q qilish sahnasi aks etgan videotasmadan klip yasagan o‘smir lavhaga “Xayr, yettilik” deb nom qo‘ygan. Bu klip sodir etilgan qonunbuzarlikning dalili hisoblanmoqda.
O‘smirga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)