Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prikning qurilishi yakunlandi. Bu haqda, South China Morning gazetasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ko‘prik uzunligi 393 metrni tashkil etadi, u yerdan 300 metr balandlikda joylashgan. Uning eni olti metrni tashkil etadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘prik 800 nafar tashrif buyuruvchini ko‘tara oladi.
Chjanszyatsze milliy bog‘ida (Xunan provinsiyasi) qurilayotgan ko‘prik tashrif buyuruvchilar uchun 2016-yilning 1-mayida ochilishi mo‘ljallangandi. Biroq qurilish jarayoni biroz cho‘zilgan.
Ko‘prik ushbu hududda davomli jala yog‘ayotganligi uchun tashrif buyuruvchilar uchun iyul oyida ochilishi kutilmoqda. Ko‘prik atrof-muhitdagi havo haroratining o‘zgarishi va shamolda tebranishi bo‘yicha qo‘shimcha sinovlardan o‘tgan.
Chjanszyatsze milliy bog‘i tashrif buyuruvchilarni tabiat manzaralari bilan o‘ziga jalb etadi. Masalan, ushbu tabiat manzaralari Jeyms Kemeronning “Avatar” filmida namoyish etilgan.
Izoh (0)