31-may, seshanba kuni Tinch okeanida, Yaponiyaning eng janubiy prefekturasi — Okinava qirg‘oqlari yaqinida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Yaponiya meteorologiya agentligiga tayanib. Sunami xavfi yo‘q.
Zilzila epitsentri Isigaki oroli yaqinida, yer silkinishi o‘chog‘i esa okean tubidan 220 km chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushganicha yo‘q.
Izoh (0)