Facebook va Microsoft o‘z xizmatlari uchun yanada yuqori tezlikdagi internetni ta’minlash maqsadida AQSh sharqiy sohil bo‘yidan Ispaniyaga kabel yotqizadi. Loyiha qiymati ma’lum qilinmayapti, deb xabar beradi Meduza.
Kabelni Virjiniya shtatidan Ispaniyaning Bilbao shahrigacha yotqizish, u yerdan esa Yevropaning boshqa qismlari, shuningdek, Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqqacha davom ettirish mo‘ljallangan. Qurilish 2016-yil avgustidan 2017-yil oktabrigacha davom etadi.
Ulanishning yuqori tezligi foydalanuvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi videotranslyatsiyalar va virtual reallikdagi uchrashuvlarga faol jalb etayotgan Facebook uchun ayniqsa muhim. Bu kabel yotqizishga oid ilk xususiy loyiha bo‘lib, shu paytgacha bu kabi infrastruktur loyihalar davlat tizimlari tomonidan amalga oshirilardi. Hozirda Amerika va Yevropani suv ostidan o‘tgan o‘ndan ortiq kabellar bog‘lab turadi.
Izoh (0)