Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 10-turning olti uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Uning ikkinchi raqamli markaziy bellashuvi Toshkentda o‘tib, “Paxtakor” va “Neftchi” klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvda Farg‘ona klubining qo‘li baland keldi.

Foto: “Paxtakor” FK matbuot xizmati

Foto: “Paxtakor” FK matbuot xizmati

Bellashuvning 20-daqiqasiga kelib bosh hakam Aziz Asimov “Neftchi” futbolchisi Alisher Samatovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi va uni maydondan chetlatdi. Shunga qaramay hisob mehmonlar tomonidan birinchi bo‘limning o‘zida ochildi.

Ikkinchi taymda maydonga tushgan Jaloliddin Masharipovga hisobni tenglashtirish uchun olti daqiqa kifoya qildi. Biroq “Paxtakor” durang natijani ham ushlab qola bilmadi. 79-daqiqada Otabek Isroilov o‘z nomini tabloga yozdirib, mavsum boshidan buyon “Neftchi”ning safardagi ikkinchi g‘alabasini ta’minlab berdi.

“Chempionat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, “Neftchi” so‘nggi bor 2001-yilda “Paxtakor” maydonidan g‘alaba bilan qaytgan bo‘lib, shundan keyingi 14 yil davomida Toshkent klubi muntazam g‘alaba qozonib kelgan.

10-turning eng markaziy o‘yinida “Nasaf” va “Bunyodkor” klublari o‘zaro durang o‘ynadi. Qarshi shahrida kechgan bellashuvning 51-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 64-daqiqada Erkin Boydullayev muvozanatni tikladi. “Bunyodkor” 83-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam qolganiga qaramay, safardan 1 ochko bilan qaytishni uddaladi.

Navoiy shahrida kechgan o‘yinda “Qizilqum” va “Metallurg” klublari ham 2 ochkodan yo‘qotdi. Qayd etish kerak, mazkur tur Oliy Liga debyutanti “Obod” klubining mavsumdagi birinchi g‘alabasi bilan start olgandi.

28-may holatiga ko‘ra “Bunyodkor” 26 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Undan bir ochko kamroq to‘plagan “Lokomotiv” 10-turni 30-may kuni Qo‘qon shahrida o‘tkazadi. “Nasaf” hisobida 23 ochko bor.

Oltinchi o‘rinda borayotgan “Paxtakor” 10 ta o‘yinning oltitasida ochko yo‘qotdi va uning hisobida 15 ochko mavjud. 29-may kuni “Buxoro” klubi o‘z maydonida “Navbahor”ni mag‘lub etsa yoki durang o‘ynasa, turnir jadvalida “Paxtakor”dan o‘zib ketadi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi 10-tur bellashuvlari 27-may, juma

“Obod” — “So‘g‘diyona” 2:1

Gollar: Shohruz Norxonov, 11 (1:0). Sanjar Rashidov, 26 (1:1). Shohruz Norxonov, 82 (2:1).

28 may, shanba

“Andijon” — “Sho‘rtan” 1:3

Gollar: Ma’rufxon Murodov, 29 (0:1). Nemanya Yovanovich, 52-pen (1:1). Igor Taran, 57-pen (1:2). Zafar Polvonov, 59 (1:3).

“Olmaliq” — “Mash’al” 1:0

Gol: Ro‘zimboy Ahmedov, 60 (1:0).Noaniq penalti: Ro‘zimboy Ahmedov, 35 (O).

“Paxtakor” — “Neftchi” 1:2

Gollar: Murod Bobojonov, 39 (0:1). Jaloliddin Masharipov, 67 (1:1). Otabek Isroilov, 79 (1:2).Chetlatish: Alisher Samatov, 20 (N).

“Qizilqum” — “Metallurg” 1:1

Gollar: Zohid Abdullayev, 10 (0:1). Alisher Yusupov, 90 (1:1).

“Nasaf” — “Bunyodkor” 1:1

Gollar: Shahzod Nurmatov, 51 (0:1). Erkin Boydullayev, 64 (1:1).Chetlatish: Otabek Shukurov, 83 (B).

29 may, yakshanba“Buxoro” — “Navbahor”

30 may, dushanba“Qo‘qon—1912” — “Lokomotiv”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova