“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa yetakchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suares klubni tark etish ehtimolini rad etdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Buning iloji yo‘q. Jamoaning barcha futbolchilari baxtiyor, chunki Barselonada yashash yoqimli. Futbolchilar g‘alaba qozonayotgan klubda to‘p surayotganidan xursand. Hech kim menga ketish borasida murojaat qilmadi va bundan xavotirda emasman.
Matbuotda yozilayotgan xabarlarni o‘qidim. Dunyodagi ko‘p klublar bizning futbolchilarni qo‘lga kiritishni istaydi, chunki ular yaxshi-da. Lekin futbolchilarning barchasi o‘zini shu yerda yaxshi his qilayotganini aytdi. Hozir kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
Bir oy avval Messi menga ‘Barselona’ uning Yevropada to‘p suradigan so‘nggi jamoasi bo‘lishini aytgandi. U Yevropadagi faoliyatini aynan shu yerda tugatmoqchi”, – dedi Bartomeu.
Avvalroq argentinalik hujumchi faoliyatini futboldagi ilk qadamlarini qo‘ygan “Nyuells Old Boyz” jamoasida davom ettirish istagini bildirgan edi.
Izoh (0)