24-may kuni Toshkentda Shota Rustaveli haykali poyida buyuk gruzin shoirining 850 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Shota Rustaveli nafaqat gruzin xalqi yodga oladigan, balki jahon hamjamiyati tomonidan keng tan olingan shoirdir”, — dedi tadbirdagi chiqishida Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Jgenti.
“O‘z asarlarida u barcha xalqlar va zamonlar uchun muhim umumiy qadriyatlarni kuyladi: do‘stlikni, sevgini, insonlar orasidagi haqiqiy insoniy munosabatlarni”, — qo‘shimcha qildi u.
Gruziya diasporasi vakillari “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan parchalar o‘qib berdi. She’riy parchalar gruzin, o‘zbek va rus tillarida yangradi.
Izoh (0)