Joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarini 476 ming 616 o‘quvchi tamomladi. Bu haqda O‘zA ma’lumot berdi.
Bu sonlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgani ta’kidlanmoqda.
9-sinf o‘quvchilarining maktabni bitirishi munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 25-may kuni “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lamiz” shiori ostida “Xayr, maktab! Salom, kollej!” mavzuidagi tadbirlar tashkil etildi.
Izoh (0)