Intellect2All axborot texnologiyalari loyihalari respublika tanlovi hududiy saralash bosqichlari o‘tkazilishining boshlanganligi haqida e’lon qildi. Bu haqda Yoshlar tashabbuslari markazi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
18-maydan 7-iyulga qadar O‘zbekistonning yettita hududida — Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida namunaviy mahorat darslari va axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi loyihalarni saralash bo‘lib o‘tadi.
Intellect2All – 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, axborot texnologiyalariga qiziqqan, o‘zining ilg‘or g‘oyalarini amalga oshirishga urinayotgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlovdir. Tanlovda yoshlar o‘zlarini uch nominatsiyada sinab ko‘rishlari mumkin: veb-ishlanmalar, mobil dasturlar va virtual hayot uchun dasturlar ishlanmasi (Oculus Rift va Google Cardboard va Samsung Gear VR uchun dasturlar).
Tanlovning mukofot jamg‘armasi 30 million so‘mdan iborat bo‘lib, shuningdek, ishtirokchilarni tanlov hamkorlari va tashkilotchilarining maxsus sovg‘alari kutmoqda.
Tanlovda qatnashish uchun loyihaning “www.intellect2all.uz” rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Izoh (0)