1945-yil avgustida AQSh tomonidan bombalangan Xirosima shahri ma’muriyati Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abedan AQSh prezidenti, yaqinda shaharga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan Barak Obamaning xibakusyalar — atom bombalaridan omon qolib, radiatsion xastaliklar azobida yashab kelayotgan insonlar bilan uchrashuvini tashkillashtirishda yordam so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Taklifni Xirosima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yudzaki va ma’muriy markaz meri Kadzumi Matsui hukumat rahbariga yetkazdi.
“TIV va AQSh tomoni ushbu masalani ishlab chiqayotganiga ishonaman”, — deb bayonot berdi Matsui Abe bilan uchrashganidan so‘ng. Yudzaki, o‘z navbatida, Obama xibakusyalarning his-tuyg‘ularini tushunishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Abe hozircha taklifga biror javob aytmadi.
Ilgariroq AQSh fan va madaniyat vakillaridan 70 nafari Obamani atom bombasi qurbonlari bilan uchrashishga chaqirgan edi. Obama, o‘z navbatida Xirosima va Nagasaki uchun uzr so‘rash niyati yo‘qligini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)